Loyiha haqida

Korrespondnet yangiliklar sayti media bozorda oʻz faoliyatini 2017-yil mart oyidan boshlagan.

 

O‘zbekiston rukni – mamalakat hayotidagi eng asosiy axborot va yangiliklarni o‘zida jamlaydi. Ushbu ruknda O‘zbekistonda ro‘y berayotgan so‘nggi xabarlar 24 soat davomida joylab boriladi. Mamlakat iqtisodiyoti va siyosiy jabxalarida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni yoritish ushbu ruknning asosiy vazifasi;

 



Dunyo
xabarlari rukni – ushbu ruknda xalqaro maydonda sodir bo‘layotgan eng so‘nggi va dolzarb axborot hamda yangiliklardan voqif bo‘lish mumkin. Ushbu ruknning o‘zi bir nechta bo‘limlarga bo‘lingan bo‘lib, bo‘limlar alohida mintaqalarni o‘z ichiga olgan: MDH, Yevropa, Osiyo, Amerika;

 


 Iqtisodiyot rukni – Dunyo hamda O‘zbekiston iqtisodiyotiga oid axborot va xabarlarni o‘zida jamlaydi. Ushbu ruknda O‘zbekiston hamda dunyo mamlakatlari moliyaviy statistikalari, iqtisodiy ahvoli analiz qilinadi. Turli xo‘jalik subyektlarining amaldagi faoliyati hamda ahvoli haqida xabarlar beriladi

 


Madaniyat rukni – mahalliy hamda dunyo madaniyatiga oid xabar va axborotlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu ruknda barcha turdagi badiiy asarlar taqdimoti, madaniyat vakillari ish va shaxsiy hayotiga oid turli axborot va xabarlar berib boriladi

 

 


 Fan va Texnologiya rukni – fan va texnologiyaga oid axborot va xabarlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu ruknda internet va OAV rukni ham joylashtirilgan bo‘lib, unda barcha hi-tech mavzusidagi xabar va maslaxatlarni o‘qish mumkin

 

 


Saytga shuningdek, Sport, Lifehack, Lifestyle ruknlari ham joylashtirilgan. Bu ruknlarda nafaqat yangiliklardan voqif bo‘lashingiz, balki unda qiziqarli axborot va maslaxatlarni ham topishingiz mumkin.