O‘zbekiston Stokgolmdagi terakt ijochisi Rahmat Oqilov haqida rasmiy ma’lumot berdi

0


O‘zbekiston Stokgolmdagi teraktni sodir etgan Rahmat Oqilov IShID a’zosi bo‘lganini rasman tasdiqladi. Bu haqda O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Komilov jurnalistlar bilan uchrashuv vaqtida ma’lumot bergan.

Eslatib o‘tamiz, 7-aprel kuni Rahmat Oqilov Shvetsiya poytaxti Stokgolm shahrida yuk mashinasini odamlar ustiga haydashi oqibatida 4 kishi qurbon bo‘lib, 15 kishi jarohat oldi.

Ko‘p vaqt o‘tmasdan mahalliy politsiya o‘zbekistonlik Rahmat Oqilovni ushbu terakt ijrochisi sifatida gumon qilib qo‘lga olindi va u o‘z aybiga iqror bo‘ldi.

Samarqandda 1978-yilda tug‘ilgan Rahmat Oqilov 2014-yili Shvetsiyada doimiy yashash uchun so‘rov bergan, biroq 2016-yilda uning so‘roviga rad javobi berilgan va u deportatsiya qilinishi lozim edi. 2017-yil fevralida u mamlakatdan chiqarib yuborish uchun qidiruvga berilgan.

«Samarqand huquq-tartibot organlari tomonidan Stokgolm shahridagi teraktni sodir etgan Oqilovga nisbatan Jinoyat kodeksining qator moddalari bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan va Yevropadagi sherik davlatlardan birining maxsus xizmatiga tegishli chora ko‘rish uchun yuborilgan», – degan Komilov.