Bekobodda Koreyaga ishga yuborish vaji bilan fuqarolardan 1000 dollar pul olgan firibgar ushlandi

0

Joriy yilning oktabr oyida Namangan viloyatida yashovchi, uy bekasi 1983-yilda tug‘ilgan Ch.S aldash yo‘li bilan Bekobod shahrida yashovchi 1965-yilda tug‘ilgan N.T, 1971-yilda tug‘ilgan A.A va 1990-yilda tug‘ilgan M.Slarning ishonchiga kirgan, deb xabar beradi Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati.

Ch.S fuqarolarning o‘zini Koreyaga ishga, farzandlarini o‘qishga yuborish vaji bilan N.Tdan 350 AQSh dollari, A.Adan 2 800 000 so‘m va M.Sdan 300 AQSh dollarini olib, shu kunga qadar qaytarib bermay, o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tergovni IIB olib bormoqda.