Qoidabuzarliklarni onlayn bilish mumkin bo‘lgan videorolik tayyorlandi

0
980
marta oʻqilgan


May oyidan ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan mazkur xizmat haqida Elektron hukumat markazining Axborot-resurslarini rivojlantirish departamenti boshlig‘i Aziz Azimov dastlabki ma’lumotlarni berdi.

Azimov “Qalampir.uz” sayti uchun mazkur jarayon qay tartibda amalga oshirilishi tasvirlangan videoni ham taqdim etdi.

Haydovchilar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinetlariga kirib, avtomobilning texnik guvohnomasi raqami va avtomobilning davlat raqamini kiritish orqali, qoidabuzarlik qayd etilgani, uning miqdorini bilishlari mumkin.

Agar chorrahaga o‘rnatilgan kameralar qoidabuzarlikni qayd etsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Yagona interaktiv davlat xizmatlari (my.gov.uz) portalidagi foydalanuvchining shaxsiy kabinetiga ma’lumot yuboriladi.

Bundan tashqari, avtomobil egasi shaxsiy kabinetiga qo‘l telefoni raqamini kiritib, SMS-ogohlantiruv xizmatini yoqtirgan bo‘lsa, jarima haqida xabar uning qo‘l telefoniga yuboriladi.