Prezident Chilonzor tumanidagi sanoat korxonalari va ijtimoiy ob’ektlarni ko‘zdan kechirdi

0


Prezident Shavkat Mirziyoyev 12-aprel kuni Toshkentda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar ijrosi, maktablar faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar beradi.

Prezident tashrifini Chilonzor tumanidagi “Rele va avtomatika” aktsiyadorlik jamiyatidan boshladi. “Rele va avtomatika” aktsiyadorlik jamiyatining umumiy yer maydoni 3,91 gektar, ishlab chiqarish maydoni 2,26 gektar. Bu yerda yuzga yaqin turdagi metall va plastmassa buyumlar, past kuchlanishli qurilmalar tayyorlanmoqda, shu yo‘nalishda xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Hududda ishlab chiqarishni kengaytirish uchun yaxshi imkoniyat, zarur infratuzilma mavjud.

Jamiyatning bo‘sh turgan binolari negizida texnopark tashkil etilib, 2017-2018-yillarda 10 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ushbu loyihalar natijasida bu yerda kassa va terminal uchun qog‘ozlar, trikotaj mahsulotlari, gidravlika moylari, plastik truba va fitinglar, propilen qoplar, mebel, akril va kanselyariya tovarlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.