Tramp Bill va Hillari Klintonlarning Rossiya bilan munosabatlarini taftish qilishni taklif etdi

0
243
marta oʻqilgan

 

Foto: NBC News

AQSh prezidenti Donald Tramp (Donald Trump) AQSh Kongressi vakillari ortidan razvedka o‘tkazish uchun tashkil etilgan maxsus qo‘mitani tanqid qildi. Tramp, qo‘mita o‘z e’tiborini er-xotin Klintonlarga qaratishi kerakligini aytdi.

“Nima uchun razvetka qo‘mitasi Bill va Hillari ishtirok etgan va ko‘pgina qismi Rossiyaga o‘tib ketgan “Uranium One” kompaniyasining bitimi ortidan tekshiruv olib bormayapti,” – deya yozdi Amerika prezidenti Twitter’da.

Bundan tashqari Tramp, Bill Klinton Rossiya tomonidan pul olgan, degan xabarni ham qo‘shib qo‘ygan. Biroq, aynan qanday pul haqida so‘z borayotgani va “Rossiya tomoni” deganda nimani nazarda tutganiga oydinlik kiritmagan.

AQSh prezidentligiga nomzodlik vaqtidan Tramp, siyosiy raqibi Hillari Klintonni Rossiyaning bir qator tashkilotlari bilan hamkorlikda ayblab keladi.