Rossiyalik fazogir Toshkentni XKS bortidan suratga oldi

0
187
marta oʻqilgan

Rossiyalik fazogir Sergey Ryazanskiy oʻzining Facebook’dagi sahifasida Toshkentning fazodan olingan suratlari bilan oʻrtoqlashdi.

Toshkent suratlari fazogir tomonidan Xalqaro kosmik stansiyada muhrlangan boʻlib, Ryazanskiy u yerda navbatdagi missiyani ado etmoqda.

Foto: fb.com/sergeyiss

Fazogir suratga kichik izoh ham keltirib oʻtgan:

“Koʻpsonli iltimoslaringizga binoan, bugun qarshingizda #Toshkent — 2000-yildan ziyod tarixga ega shahar chiroy ochib turibdi. Shaharning tarixiy markazida Oʻzbekistonning saqlanib qolgan va qayta restavratsiya qilingan yodgorliklarini koʻrish mumkin”, — deb yozgan u.

Foto: fb.com/sergeyiss

Fazogir internetda faol, u goʻzal kosmik peyzajlar aks etgan fotosuratlar va videoroliklarni tez-tez chop etib turadi.