Kanadada qor ko‘chkisi sayyohlarni pastlikka surib ketdi

0


Kanadaning Xarvi tog‘iga sayohatga chiqgan 6 sayyoh qor ko‘chkisiga duch keldi. Ulardan beshtasi halok bo‘ldi, deya xabar qilmoqda The Globe and Mail.

Xabarda aytilishicha, hodisa Vankuverdan uzoq bo‘lmagan joyda sodir bo‘lgan. Ko‘chki sayyohlarni 500 metrgacha pastlikka surib borgan. Sayyohlardan biri guruhdan ancha ortda qolib ketgani uchun omon qolgan.

Qutqaruvchilarning ma’lum qilishicha, sayyohlar tog‘ga tavakkal qilib chiqishgan. Meteorologlar xavf haqida ogohlantirishgan.