2018-yilda Eyfel minorasi atrofi o‘q o‘tmas oyna devor bilan o‘raladi

0
358
marta oʻqilgan


Fransiya hukumati Eyfel minorasi atrofini 2,5 metrli o‘q o‘tmas oyna devor bilan o‘rash niyatida. Bu haqda Prensa Latina nashriga tayanib RIA xabar qildi.

Bunday chora-tadbirlarni Fransiya hukumati poytaxtda hanuzgacha terrorchilik tahdidi yuqori darajada saqlanib qolgani sabab amalga oshirmoqda. Oyna devorni 2018-yilning oxirigacha qurib bitirish rejalashtirilgan.

Loyihaning umumiy qiymati 20 million yevro deb baholanmoqda. O‘q o‘tmas oyna devor 2016-yilda bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha Yevropa chempionati vaqtida qurilgan metal devor o‘rniga quriladi.

Eyfel minorasini oyna devor bilan o‘rash rejasi haqida fevral oyida ma’lumotlar tarqalgan edi. Dastlabki xabarlarda devor 2017-yilning kuz faslida qurib bitkazilishi aytilgan edi.

Shu yilning yanvar oyida Parij shahri hokimiyati minorani moderizatsiya qilish uchun 300 million yevro ajratilishi haqida xabar berilgan edi. Ushbu mablag‘ sayyohlar uchun sharoitlarni yaxshilash va minorani tamirlash uchun ishlatiladi.