Oʻzbekiston havo yoʻllari qishgi jadvalga oʻtib parvozlar sonini oshirdi

0

“Uzbekiston xavo yullari”  29-oktabrdan boshlab, parvozlarni qishgi jadval boʻyicha amalga oshira boshlaydi, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati.

Foto: Wikipedia

Qishgi masumda Milliy aviakompaniya bir qator yoʻnalishlar boʻyicha parvozlar sonini oshirmoqda. Undan tashqari Samarqand aeroportidan yangi yoʻnalishlar yoʻlga qoʻyilmoqda.

Samarkand-Istanbul-Samarkand yoʻnalishida yangi yoʻlga qoʻyilgan parvozlar 30-oktabrdan har dushanba, 16-noyabrdan esa har payshanba amalga oshirila boshlaydi.

Shuningdek, MAK Amritsarga parvozlar soni haftasiga 2 marotaba, Seulga – 5 marotaba, Olma-Otaga – 7 marotabagacha oshirilganini xabar qildi.

Yangi qishgi jadval 2018-yilning 24-martiga qadar amal qiladi.