Shavkat Mirziyoyev Shvetsiya Qiroli Karl XVI ga hamdardlik bildirib maktub yo‘lladi

0
472
marta oʻqilgan


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shvetsiya Qiroli Karl XVI Gustavga Stokgolm shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida insonlar halok bo‘lishi munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirib maktub yo‘lladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Shavkat Mirziyoyev halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik va dalda so‘zlarini yetkazdi hamda barcha jarohat olganlarga tez orada sog‘ayishni tiladi, deyiladi xabarda.

7-aprel kuni Shvetsiya poytaxtning markaziy ko‘chasi Drottninggatanda yuk mashinasi olomon ustiga bosib bordi. Terakt natijasida 3 kishi halok bo‘lgan 8 kishi tan jarohati olgan.