Bill Geyts bilan shaffof virtual intervyu

0
Foto: Businessinsider

Bir necha yil avval Bill Geyts Reddit sayti orqali shaffof onlayn intervyu bergan edi. “Korrespondent.uz” savol va javoblarning eng saralarini to‘pladi.

Открытое интервью Билла Гейтса . Изображение № 2.

 _SSM:

«O‘tgan yillarni hisobga olmaganda 20 yil avvalgi Bill Geyts bilan bugungisi orasida qanchalik farq bor?»

Открытое интервью Билла Гейтса . Изображение № 3.

BILL GEYTS:

«20 yil avval kun davomida ofisda o‘tirib ishlar edim. Sodda va kuchga to‘la bo‘lganman. Umid qilamanki, yillar o’‘ib ko‘ngilchan va dono insonga aylandim».

Открытое интервью Билла Гейтса . Изображение № 4.

BRIANNNF:

«Hech kim bilmagan va kutmagan siz shug‘ullanadigan mashg‘ulot qanday?»

Открытое интервью Билла Гейтса . Изображение № 5.

BILL GEYTS:

«Bridj o‘ynayman. Bu o‘yin ancha urfdan qolgan, lekin menga juda yoqadi. O‘tgan yili qizimning otda sayr qilayotganini ko‘rgan edim. Bu ham biroz urfdan qolgan bo‘lsada, lekin judayam zavqli. Yana men har oqshom idish-tovoqlarni yuvib qo‘yaman va bu menga juda yoqadi».

Открытое интервью Билла Гейтса . Изображение № 6.

DARUNG:

«Faqat rostini ayting! Sizda hayotingizni sun’iy uzaytirish niyati bo‘lganmi?»

Открытое интервью Билла Гейтса . Изображение № 7.

BILL GEYTS:

«Yo‘q. Ba’zilar bu haqda o‘ylashadi, lekin boshqalar bunga imkoniyatsiz paytda men o‘z umrimni uzaytirishni istamayman».

Открытое интервью Билла Гейтса . Изображение № 8.

KUSHTYKUSH:

«Agar siz kompyuterlar bilan shug‘ullanmaganingizda yoki Microsoftni keyinroq barpo etganingizda, nima ish bilan shug‘ullangan bo‘lardingiz?»

Открытое интервью Билла Гейтса . Изображение № 9.

BILL GEYTS:

«Men yurisprudensiya va matematikadan tahsil olganman. Otam yurstlik qilgan. Agar IT sohasi bilan shug‘ullanmaganimda, menimcha fizika sohasidan ketgan bo’lardim».

Открытое интервью Билла Гейтса . Изображение № 10.

DEPARTMENTOFWORKS:

«Aktyor Eshton Kutcher Stiv Jobs qahramonini jonlantirdi. Siz o‘zingizni qaysi aktyorda ko‘rishni istagan bo‘lardingiz?»

Открытое интервью Билла Гейтса . Изображение № 11.

CAPTAIN_CRABS: (suhbat orasiga qo‘shilib. — tahrir.)

Semyuel L.Jekson.

Открытое интервью Билла Гейтса . Изображение № 12.

BILL GEYTS:

«Melinda  (Bill Geytsning rafiqasi. — tahrir.), aynan shu variantni maqullasa kerak».

Открытое интервью Билла Гейтса . Изображение № 13.

KIDNEYSTONESAREFUN:

«Microsoft’dagi yangi rolingizni qanday ta’riflaysiz?»

Открытое интервью Билла Гейтса . Изображение № 14.

BILL GEYTS:

«Yangi texnologiya va qurilmalarning muloqot va hamkorlik qilishimizda tutayotgan o‘rnidan lol qolaman. Operatsion tizim hech bir qurilmada yopiq bo‘lib qolmaydi, axborotlar esa faqatgina fayllarda qolib ketmaydi. U tarixga aylanadi. Masalan, siz farzandlaringizni qanday ulg‘ayganini esga olish imkonini yaratuvchi tarixga aylanadi».

«Satya [Nadella] meni Mircrosoft’ning innovatsion bo‘limiga qaytib kelishimni so‘ragnida qattiq hayajonga tushgan edim».

Открытое интервью Билла Гейтса . Изображение № 15.

000000FFFFFF:
«Ha Bill, u yerda siz nima ish bilan shug‘ullanasiz?»

 

Открытое интервью Билла Гейтса . Изображение № 16.

BILL GEYTS:
«Ishonchim komilki, biz kuchli senariylarni tanlaymiz va ularni tadqiq qilish uchun kuchli rejalarimiz bor. Umid qilamanki, yaxshi ish olib boraman».

 

Открытое интервью Билла Гейтса . Изображение № 17.

ANONYMOUSLIVES:
«Yiliga 100 ming dollar ishlab topadigan kishilarga shaxsiy moliyaviy maslahatlaringiz qanday bo‘lardi?».

 

Открытое интервью Билла Гейтса . Изображение № 18.

BILL GEYTS:
«Mablag‘ni ta’lim olishga sarflang!».

 

Открытое интервью Билла Гейтса . Изображение № 19.

MIDNIGHT_SWAMPWALK:
«O‘ylaymanki, u (Bill Geyts) bu masalada eng kam malakali kishi. Bill Geyts oxirgi marta qachon 100 000 dollardan kam daromad qilgan?»

 

Открытое интервью Билла Гейтса . Изображение № 20.

BILL GEYTS:
«Men hech qachon katta daromad ortidan quvgan emasman, lekin nuqtai nazaringiz to‘g‘ri».

 

Открытое интервью Билла Гейтса . Изображение № 21.

BIZZYJAY:
«Hali ham shunday qila olasizmi? Faqat to‘g‘risini ayting!»

 

Открытое интервью Билла Гейтса . Изображение № 22.

BILL GEYTS:

«Yo‘q, qila olmayman. Hali ham shunga o‘xshab sakray olaman, lekin katta o‘lchamdagi buyum ustidan emas. Ehtiyot bo‘ling – agar omadli bo‘lmasangiz, oqibati juda yoqimsiz bo‘ladi».

 

Открытое интервью Билла Гейтса . Изображение № 23.

SUDS5000:
«Bu, ehtimol stulning o‘lchamiga bog‘liq…»

 

Открытое интервью Билла Гейтса . Изображение № 24.

BILL GEYTS:

«Ha. Kichik stul ustidan hali ham sakray olaman».

 

Открытое интервью Билла Гейтса . Изображение № 25.

WIGGLEZ1:
«Videoo‘yinlar muxlisimisiz? Agar ha bo‘lsa, qaysi o‘yinlar sizga ko‘proq yoqadi?»

 

Открытое интервью Билла Гейтса . Изображение № 26.

BILL GEYTS:
«Men avjiga chiqqan geymeyrlardan emasman. O‘g‘lim mendan ko‘ra Xbox’da qanday yaxshi o‘yinlar borligini biladi. Halo o‘yinini o‘ynab korganman. Menga ko‘proq barcha oila a’zolari ishtirok etadigan jisomoniy o‘yinlar yoqadi.

 

Открытое интервью Билла Гейтса . Изображение № 27.

STOCMAN21:

«Qanday kitob o‘qiyapsiz yoki qanday kitobni o‘qishni rejalashtiryapsiz?».

 

Открытое интервью Билла Гейтса . Изображение № 28.

BILL GEYTS:
Vatslav Smil buyuk asarlarni yaratishda davom etmoqda, masalan, “AQShda ishlab chiqarilgan” (Made in USA) va “Zamonaviy dunyoning yaratilishi: Materiallar va dematerializatsiya (Making the Modern World: Materials and Dematerialization). Repair the World — tushunarli tilda yozilgan. In the Company of the Poor — o‘qish qiyin, lekin baribir yaxshi yozligan. Men o‘qib tavsiya qilgan kitoblarni gatesnotes.com saytidan ko‘rishingiz mumkin.

 

Открытое интервью Билла Гейтса . Изображение № 29.

DANJORGO:
«Qanday qimmatbaho xaridingizdan uyalasiz?”»

 

Открытое интервью Билла Гейтса . Изображение № 30.

BILL GEYTS:
«Men shaxsiy samolyotga ega ekanligimdan juda uyalaman. Uorren Baffet uni [samolyot sotib olishni] noo‘rin deb atadi. Lekin usiz Fondning ishlari bilan borishim kerak bo‘lgan joylarga ulgurmay qolishim mumkin». (Geyts Bill va Melinda Geytslarning (o‘zi va rafiqasi) hayriya fondini nazarda tutmoqda . — tahrir.).

Ulashish