Shvedsiya politsiyasi yuk mashinasidagi terroristni qo’lga oldimi?

0
489
marta oʻqilgan


Shved politsiyasi Stokgolmdagi teraktni amalga oshirganlikda shubha qilinayotgan shaxsni qo’lga olmadi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Shvetsiya bosh vaziri yuz bergan hodisani darhol terakt deb atadi. “Shvetsiya hujumga uchradi”, — dedi siyosiy arbob. Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat ixtiyorida mavjud barcha ma’lumotlar gap terrorchilik harakati haqida borayotganini ko‘rsatmoqda.

Politsiya boshlig‘ining ta’kidlashicha, hukumat hujum haqida hech qanday ma’lumotga ega bo‘lmagan. Avvalroq, 7-aprel kuni mamlakat bosh vaziri Stefan Lyoven shubhali shaxs qo‘lga olingani haqida xabar bergan edi.

7-aprel kuni poytaxtning markaziy ko‘chasi Drottninggatanda yuk mashinasi olomon ustiga bosib bordi. Mashina do‘konlardan birining vitrinasiga urilgandagina harakatini to‘xtatgan. Terakt natijasida 3 kishi halok bo‘lgan 8 kishi tan jarohati olgan.

Terrorist harkatlangan yuk mashinasi Shvetsiyaning Spendrups kompaniyasiga tegishli bo‘lib chiqdi. Kompaniya vakillarining ma’lum qilishicha, mashina hujumdan biroz avval o‘g‘irlangan. 7-aprel kuni mashina Stokgolmdagi do‘konlar va restoranlar bo‘ylab mahsulot tarqatgan, haydovchi Caliente restorani oldida mahsulotni tushirish uchun mashinadan tushgan vaqtida, noma’lum shaxs mashinaga o‘tirib, uni olib qochgan. Spendrups vakilining qo‘shimcha qilishicha, kompaniya haydovchisi jabrlanmagan.