Shvetsiyada yuk mashinasi yo‘l yoqasidagi olomonni urib ketdi. 3 kishi halok bo‘ldi

0
295
marta oʻqilgan

Shvetsiya poytaxti Stokgolmda yuk mashinasi haydovchisi mashinani yo‘l yoqasidagi olom ustiga haydadi. Bu haqda 7-aprel kuni Aftonbadet gazetasi xabar qildi.

Nashrning politsiyadagi manbasiga tayanib xabar qilishicha, hodisada 3 kishi halok bo‘lgan va bir nechta kishi jarohatlangan.

Yuk mashinasi do‘konlardan birining vitrinasiga kelib urulgandan so‘ng to‘xtagan. Rulda bo‘lgan shaxsning kimligi oshkor qilinmayapti.

Ayni damda ushbu hudud politsiya tomonidan o‘rab olingan. Tez yordam mashinalari yetib kelgan.