Rostex Oʻzbekistonga dori va tibbiyot anjomlari yetkazib beradi

0
Rostex davlat korporatsiyasi Oʻzbekistonga dori va tibbiyot anjomlari yetkazib berishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi kompaniya matbuot xizmati.
Foto: Korrespondent Oʻzbekiston

“Natsimbio” milliy immunobiologiya kompaniyasi va “Oʻzmedeksport” Respublika tashqi iqtisodiy davlat korxonasi oʻrtasida tegishli kelishuv imzolandi.

“Kompaniyalar eksport boʻyicha hamkorlikni mustahkamlaydi, ustuvor loyihalarni ishlab chiqish bilan shugʻullanadi hamda innovatsion texnologiyalar va mahsulotlar uchun mos sharoitlar yaratadi”, — deyiladi kompaniya xabarida.

Hozirda Oʻzbekiston hududida Rossiyada ishlab chiqariladigan 768 dori vositasi sotiladi.