Germaniya hukumati ijtimoiy tarmoqlarni yolg‘on xabarlar uchun jarimaga tortadi

0
324
marta oʻqilgan


Germaniya hukumati ijtimoiy tarmoqlarning yolg‘on hamda adovat keltirib chiqishga sabab bo‘luvchi xabarlarini jarimaga tortish haqidagi qonun loyihasini ma’qulladi. Bu haqda 5-aprel kuni Reuters xabar qildi.

Jarima miqdori 50 million yevro qilib belgilanishi mumkin. Qonun buzilgan holda ijtimoiy tarmoqning top-menejerlari ham 5 million yevro miqdorida jarimaga tortilishi mumkin.

Reuters’ning ma’lum qilishicha, agar ushbu qonun loyihasi kuchga kirsa, Germaniya ijtimoiy tamoqlar faoliyati uchun dunyodagi eng qiyinchilik tug‘dirgan davlat bo‘lib qoladi.

2015-yilda bir qator ijtimoiy tarmoq kompaniyalari nemis hukumati bilan yolg‘on hamda adovat keltirib chiqishga sabab bo‘luvchi xabarlarga qarshi shartnomalar imzolagan edi. Kelishuvga ko‘ra, kontent shikoyat kelib tushganidan 24 soat ichida o‘chirib tashlanishi kerak edi. Biroq Germaniya Adliya Vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, shartnoma shartlarini na Facebook va na Twitter bajara oldi.