Ukrainada bir sutka ichida uchinchi IES ishlashdan to‘xtadi

0
243
marta oʻqilgan

Foto: Wikimedia.com


Ukrainaning Xarkov shahridagi “Sentrenergo” davlat kopaniyasi qismiga kiruvchi “Zmiyevskaya” issiqlik elektro stansiyasi payshanba, 6-aprel kuni o‘z ishini to‘xtatadi.

Bu haqda Ukraina Energetika va kon sanoati vaziri bergan ma’lumotga tayanib TACC xabar qildi.

“Ertaga (6-aprel) “Zmiyevskaya” IESi o‘z ishini to‘xtatadi. Bizga manbalar yetarli”, – deya xabar bergan vazir. Uning aytishicha IESning faoliyati mamlakatning elektroenergiyaga bo‘lgan ehtiyojidan ortiq. “Zmiyevskaya” IESi mamalakatning uchta viloyatini elektroenergiyaga bilan ta’minlar edi: Xarkov, Poltava hamda Sumsk viloyatlari.

Bunga qadar shu kunnig o‘zida (5-aprel) ikki elektrostansiyalar o‘z ishini to‘tatdi.