Yaponiya Shimoliy Koreya raketasi xavfiga qarshi Vashington va Seul bilan hamkorlik qiladi

0
263
marta oʻqilgan


Yaponiya Shimoliy Koreya raketa xavfiga qarshi Vashington va Seul bilan chora-tadbirlar ishlab chiqish ustida hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda Kiodo axborot agentligiga tayanib RIA Novosti xabar qilmoqda.

Nashrning xabariga ko‘ra, Yaponiya TIV Osiyo va Tinch okeani davlatlari bo‘yicha departamenti Kendzi Kanasugi telefon orqali AQShning Shimoliy Koreya bo‘yicha maxsus vakili Josef Yun bilan muloqot qilgan.

Avvalroq, Kendzi Kanasugi Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Kim Xon Gyun bilan ham telefon orqali muloqot qilgan edi.

Shimoliy Koreyaning raketa sinovlari chorshanba kuni aholi yaxshaydigan Sinpxo port shahridan uchirilgan. Raketa 60 kilometr uchib Yapon dengiziga qulagan.