O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana qariyb 50 so‘mga oshdi

0
281
marta oʻqilgan


O‘zbekiston Markaziy banki 2017-yil 28-martdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 3595 so‘m 20 tiyin etib belgilandi. Bu 23-martdagi kursga nisbatan 46 so‘m 91 tiyinga ko‘p.

28-martdan e`tiboran 1 yevro qiymati 3883 so‘m 95 tiyin (23-martdagi kursga nisbatan 82 so‘m 37 tiyin qimmat).

Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.