Oʻzbekistonda yagona maktab formasi joriy etiladi

0
2640
marta oʻqilgan

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev umumtaʼlim maktablarida maktab formasini joriy etilishi tarafdori ekanligini maʼlum qildi.

Foto: uz24.uz

Taʼlim sohasidagi islohotlarga bagʻishlangan yigʻilishda Mirziyoyev maktab oʻquvchilarining tashqi koʻrinishlariga alohida eʼtibor qaratdi.

“Bizning oʻzbek mentaliletini hisobga olgan holda, maktablar va kollejlarga yagona forma joriy etish lozim. Forma bilan maktab oʻquvchisining maʼnaviy dunyosi, madaniyati, masʼuliyati oʻzgaradi. Bizning jamiyatimizda gʻarib va boy kiyingan maktab oʻquvchilari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelmoqda. Bu kabi vaziyatlar maʼnaviyatni emas, nafratni uygʻotadi. Aynan mana shu illatni biz tag-tomiri bilan sugʻurib tashlashimiz kerak”, — deb fikr bildirgan prezident.

Mirziyoyev shuningdek, ota-onalar bolalarga kiyim xarid qilar ekan, bu kiyimlar aksariyat hollarda sifatsiz materiallardan tikilayotganini qoʻshimcha qilgan.

“Oqibatda, aholi pullarni havoga sovurmoqda. Aynan mana shu holat meni umuman qoniqtirmayapti”, — degan prezident va adolatli, teng huquqli jamiyat qurish kerakligini qoʻshimcha qilgan.