Sanjar Rahmonov 22-avgustda ringga chiqadi

0

Floyd Meyvezerning promouterlik kompaniyasida faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik bokschi Sanjar Rahmonov navbatdagi jangini o‘tkazish sanasi ma’lum bo‘ldi.

Foto: O‘zbekiston 24

“O‘zbekiston 24″ning xabar qilishicha, sportchi 22-avgust kuni Las-Vegasda amerikalik LaDarius Millerga qarshi jang qiladi.

Ma’lumot uchun, Miller faoliyati davomida 14 ta jang o‘tkazgan va ularning 13 tasini g‘alaba (4 tasi nokaut) bilan yakunlagan. Bitta jangni mag‘lubiyat bilan yakunlagan.