O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi Ostonaga ko‘chiriladi

Qozog‘istonning Ostona shahrida O‘zbekiston elchixonasi binosi quriladi. 15-avgust kuni Ostona shahrida O‘zbekiston va Qozog‘iston TIV delegatsiyalari o‘rtasida o‘tgan uchrashuvda ushbu masala muhokama qilindi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qiladi.

Foto: Gelio

Ma’lum bo‘lishicha, Olmaota shahridagi hozirgi diplomatik missiya o‘rnida Bosh konsulxona ochiladi.

Mazkur masala Qozog‘iston Investitsiyalar va taraqqiyot vazirligining Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi ishlari bo‘yicha qo‘mitasida, Ichki ishlar vazirligining Migratsiya ishlari bo‘yicha qo‘mitasida va Ostona shahri hokimligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda ham ko‘rib chiqilgan.