O‘zbekiston Hisob palatasiga rais va uning birinchi o‘rinbosari tayinlandi

0

O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 14-avgustdagi PF-5152-son farmoniga muvofiq Muzrof Muborakxo‘jayevich Ikromov O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Foto: Shutterstock

Shu munosabat bilan Muzrof Ikromov O‘zbekitston Respublikasi adliya vaziri lavozimidan ozod etildi.

Prezidentining 2017-yil 14-avgustdagi PF-5151-son farmoniga muvofiq Jamshid Abduhakimovich Xo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga tushumlarning to‘liqligini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.