Shavkat Mirziyyoyev 5-aprelda Dmitriy Medvedev bilan muzokaralar o‘tkazadi

0


5-aprel kuni Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev savdo-iqtisodiy hamkorlik masalasini Moskvada muhokama qilishadi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Vazirlar Mahkamasining saytida xabar qilindi.

“Rossiya hukumati raisi Dmitriy Medvedev va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev energetika, sanoat, qishloq xo‘jaligidagi hamkorlik, investitsiyaviy, infratuzilmaviy va boshqa qo‘shma loyihalar, shuningdek, o‘zaro manfaatli boshqa qator masalalarni muhokama qiladi”, — deyiladi Rossiya Vazirlar Mahkamasi rasmiy saytida e’lon qilingan axborotda.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 4—5-aprel kunlari davlat tashrifi bilan Rossiyada bo‘ladi.