Milliy universitet sirtqi ta’lim bo‘yicha hujjatlar qabul qilishni boshladi

0
3407
marta oʻqilgan

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti sirtqi ta’lim bo‘yicha hujjatlar qabul qilmoqda. Bu haqda universitet axborot xizmati “Korrespondent O‘zbekiston”ga xabar qildi.

Foto: O‘zbekiston Milliy universiteti matbuot xizmati

Endi universitetda 36 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 2017-2018-o‘quv yilida tajriba-sinov tariqasida masofaviy o‘qitishning ilg‘or usullarini qo‘llagan holda sirtqi ta’lim shaklida ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olish mumkin.

Sirtqi ta’limga hujjatlarni qabul qilish 20-avgustga qadar davom etadi.