Shavkat Mirziyoyev Hindistonga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindistonning Gujarat shtatida ro‘y bergan suv toshqinlari oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va aholi o‘rtasida uy-joyidan ajraganlar, jiddiy talofat ko‘rganlar borligi munosabati bilan Hindiston Respublikasi Prezidenti Ram Natx Kovindga samimiy hamdardlik izhor etdi.

Foto: Times of India

TIV matbuot xizmatining xabar qilishicha, davlat rahbari maktubda Hindiston Prezidenti va butun Hindiston xalqiga chuqur ta’ziya bildirdi. Oila a’zolari va yaqinlaridan judo bo‘lgan insonlarga samimiy hamdardlik so‘zlarini yetkazib qo‘yishni so‘radi.

Suv toshqinlari natijasida dushanba va seshanba kunlari Gujarat shtatida 36 mingga yaqin kishi evakuatsiya qilindi. Ushbu yomg‘irlar mavsumida qurbon bo‘lganlar soni 83 kishiga yetdi.