Toshkentda Lacetti haydovchisi ikki nafar piyodaning umriga zomin bo‘ldi

0


Shu yilning 2-aprel, yakshanba kuni soat 11:20 atrofida Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani Toshkent xalqa avtomobil yo‘li ko‘chasida Lacetti rusumli avtomashina ikki nafar piyodalarni urib yuborib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan boshqa Lacetti avtomashinasiga urildi.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki nafar fuqaro hayotdan ko‘z yumdi. Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, yo‘l-transport xodisasini sodir etilishida gumonlanayotgan Lacetti avtomashinasi haydovchisi ushlangan.

Xabarda qayd etilishicha, hozirda sodir bo‘lgan holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.