Bugun Shavkat Mirziyoyev To‘ytepa va Olmaliq shaharlariga tashrif buyuradi

0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishish maqsadida Toshkent viloyatiga tashrif buyuradi, deya xabar bermoqda Uz24.

Prezident viloyatning To‘ytepa va Olmaliq shaharlarida bo‘lishi kutilmoqda.

Viloyat hokimligi binosida faollar bilan uchrashuv o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.

2016 yil 15 dekabrь kuni xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etgan Shavkat Mirziyoev viloyat markazini To‘ytepa shahriga ko‘chirish taklifini bergandi.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, davlat rahbarining viloyatga tashrifi oldidan To‘ytepadagi viloyat hokimligi binosi qayta ta’mirlandi, shaharda obodonchilik ishlari olib borildi. Toshkent va To‘ytepa shaharlarini bog‘lovchi yo‘l kengaytirildi.