Peterburgdagi yong‘inda halok bo‘lgan 7 nafar o‘zbekistonlikning jasadi Urganchga olib kelindi

0

O‘zbekistonning Moskvadagi уlchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra Kolpino shahrida yuz bergan yong‘in oqibatida halok bo‘lgan 7 nafar O‘zbekiston fuqarolarining jasadlari Sankt-Peterburg hokimiyati idoralari hamda “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi ko‘magida 17-iyul kuni Urganch shahriga olib kelindi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Jasadlarning shaxsini tasdiqlash, vafot etganlik to‘g‘risidagi guvohnomalarini rasmiylashtirish jarayonlari yakuniga yetdi va tergov organlaridan jasadlarni transportirovka qilishga ruxsat olindi.

Hozirgi vaqtda yong‘in sabablarini aniqlash bo‘yicha tergov ishlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Sankt-Peterburg shahri tarkibiga kiruvchi Kolpinodagi metall angarda 13-iyul kuni yong‘in yuz berdi. Uning oqibatida halok bo‘lgan yetti o‘zbekistonlikning barchasi Xorazmning Yangiariq tumanida ro‘yxatda turgan.