Qoraqalpog‘istonlik erkak 80 yoshli o‘gay onasi va singlisini boshini tanasidan judo qildi

0
714
marta oʻqilgan

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanida ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan, dahshatli qotillik yuz berdi. Tuman markazidagi Menglimurodov ko‘chasi 69-uyda yashovchi 1938-yilda tug‘ilgan Davlatoy Bozorboyeva va 1981-yilda tug‘ilgan Muhabbat Urametovalar o‘z uyida boshi tanasidan judo qilingan holda topilgan. Bu haqda Sof.uz “O‘zbekiston” telekanalida 2016-yil sentabr oyida sodir etilgan jinoyat ishi haqida efirga uzatilgan ko‘rsatuvga tayanib xabar qilmoqda.

Foto: Sof.uz

Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tezkor qidiruv ishlari natijasida mazkur jinoyatni marhuma Davlatoy Bozorboyevaning o‘gay o‘g‘li 1963-yilda tug‘ilgan Urametov Murat Shamdikeliyevich sodir etgani aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, Murat Urametov 22 yoshda qotillik jinoyatini sodir etib, uzoq muddatga qamalib ketgan. U 1997-yilda ozodlikka chiqib, bir kun ham foydali mehnat bilan shug‘ullanmay, ichkilikka berilib ketgan. Murat bir shisha vino evaziga odamlarning uyida mayda-chuyda ishlarni qilib yurgan. Uy-joy talashish ortidan kelib chiqqan janjal uni o‘gay onasi va homilador singlisini o‘ldirishga undagan. Ularni oshxona pichog‘i bilan o‘ldirgach boshlarini tanasidan judo qilib, uyining orqasidagi changalzorga tashlab yuborgan.

Murat Urametovga mazkur qilmishi uchun umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan.