Olimlar: Tish pastalari inson sog‘lig‘iga zarar yetkazadi

0


Fransiyalik bir qator olimlar tishlarni tozalash sezilarli darajada immunitetni kamaytirish mumkin ekanini qayd etdi. Bunga tish pastlari tarkibidagi titaniumdioksit sabab qilib keltirilmoqda, deb yozadi Ekonomika Segodnya nashri.

Mutaxassislar o‘tkazilgan ko‘p sonli tajribalaridan so‘ng, ertalabki odatiy tish yuvish jarayoni inson sog‘lig‘ida o‘nglab bo‘lmas zararni olib kelishi mumkin, degan hulosaga kelishdi.

Biroq, mutaxassislar tish tozalashni to‘xtatish kerak deb maslaxat bermaydi. Ular tish pastasini diqqat bilan tanlashni tavsiya etadi.

Mutaxassislar tish pastasi sotib olishdan avval uning tarkibida E-171 qo‘shimchasi yo‘qligiga e’tibor qaratish kerak deydi.