Jarimalar haqida ma’lumot beruvchi sayt may oyidan ishga tushishi mumkin

0
1297
marta oʻqilgan


Toshkent IIBB YHXB haydovchilar uchun chorrahalardagi kameralar qayd etgan yo‘l harakati qoidalarining buzilgani to‘g‘risida ma’lumot olishi mumkin bo‘lgan maxsus saytni ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 30-mart, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda boshqarma inspektori Alisher Abduqodirov ma’lum qildi.

Har bir haydovchi saytda shaxsiy kabinet ochishi mumkin, buning uchun pasport ma’lumotlari va mobil telefoni raqamini kiritishi kerak bo‘ladi. Shaxsiy kabinetda o‘z qoidabuzarliklari va jarimalar to‘g‘risida bilib olishi mumkin.

YHXB «Kompyuter markazi» bo‘limi boshlig‘i Shuhrat Muratov UZ24.uz nashriga ga xabar berishicha loyiha ustidagi ishlar ushbu haftada boshlangan. Uning ishga tushirilish sanasi hozircha ma’lum emas, biroq sayt may oyida ishga tushishi kutilmoqda.