Moliya vazirligi: Bu yil kommunal xizmatlar tariflari oshirilmaydi

0
403
marta oʻqilgan


Ma’lumki, har yilning 1-aprel va 1-oktabr sanasidan e’tiboran O‘zbekistonda kommunal xizmatlarning (elektrenergiya, tabiiy gaz, issiqlik va suv ta’minoti hamda kanalizatsiya) tariflari oshiriladi. Biroq, 1-apreldan tariflar o‘zgartirilmadi, deya xabar bermoqda Uz24.uz nashri.

Moliya vazirligidan ma’lum qilishlaricha, bu yil kommunal xizmatlarning tariflari oshirilmaydi. Endilikda ichki bozorda narxlarni barqarorligini ta’minlash maqsadida tariflar oshirilishi o‘rtacha yillik inflyatsiya darajasidan oshmaydi.

Shu bilan birga issiqlik va suv ta’minoti xizmatlarini ko‘rsatadigan korxonalarning harajatlarini kamaytirish hamda ish samaradorligini oshirish maqsadida Hukumat tomonidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.