Jizzaxda jami 300 mln soʻmlik 216 bosh qoʻy oʻgʻirlab ketildi

2020-yil 10-sentabrdan 11-sentabr kuniga oʻtar kechasi Sharof Rashidov tumanida yashovchi 42 yoshli I.M., tuman hududida joylashgan fermer xoʻjaligi dala maydonida boʻlgan “Qoʻshkoʻprik” mahallasida yashovchi 59 yoshli F.J.ga tegishli jami bozor narxi 300 mln. soʻmlik 216 bosh mayda shohli chorva mollarini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Tergov Departament
Tergov departamenti

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida fuqaro I.M., fuqaro F.J.,ga tegishli qoʻylarning 168 boshini fuqaro M.K.ga qarashli Jizzax shahrida joylashgan avtomobillarga yoqilgʻi quyish shahobchasi hovlisiga olib borib qoʻyilganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan hamda fuqaro F.J.ga tilxat asosida topshirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Sharof Rashidov tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan I.M.,ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda koʻp miqdorda sodir etilgan oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Dastlabki tergov jarayonida I.M., gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ulashish