Jizzaxda avtomashina oldi-sotdisi boʻyicha kelishuvni buzgan fuqaroga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Jizzaxda 2019-yilning iyul oyidan 2020-yil fevral oyiga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida 34 yoshli M.F. aldash va ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan oʻzganing mulkini qoʻlga kiritish maqsadida, Gʻallaorol tumanida yashovchi 3 nafar fuqaro bilan turli rusumli avtomashinalarning oldi-sotdisi boʻyicha kelishuvga erishgan.

avto
msverige.se

Ulardan jami 65 100 000 soʻm pulni olib, turli bahonalar qilib avtomashinalarni ushbu fuqarolar nomiga rasmiylashtirib bermagani va pullarni oʻzining ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan Gʻallaorol tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (koʻp miqdorda sodir etilgan firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ulashish