Samaradan yana mingga yaqin oʻzbekistonlik olib kelindi

Maxsus poyezd reyslari orqali Samaradan 938 nafar oʻzbekistonlik olib kelindi, deya xabar bermoqda Transport vazirligi.

vokzal
Transport vazirligi

Respublika maxsus komissiyasi Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiyaning Samara viloyatidan olib kelish uchun Toshkent–Kinel–Toshkent temir yoʻl reysini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan edi.

Rossiya va Qozogʻiston tomoni bilan kelishuvga binoan 14-sentabr kuni “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ poyezdi 938 nafar oʻzbekistonlik bilan “Kinel” stansiyasidan Oʻzbekistonga joʻnagan edi.

Mazkur poyezd 16-sentabr kuni Toshkent Janubiy vokzaliga yetib kelgan. Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar avtobuslarda Toshkent viloyatidagi karantin zonalariga yetkazilgan.

Bundan bir kun avval Samara va Yekaterinburgdan 2 mingga yaqin oʻzbekistonlik, 3-sentabr kuni esa 922 nafar oʻzbekistonlik poyezdda Samarqandga olib kelingandi.

Ulashish