Oʻzbekistonda yana bir OTM tashkil etildi

Hukumatning tegishli qaroriga binoan, 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filiali tashkil etildi.

Joriy yilda ushbu filialga jami 515 ta qabul kvotasi ajratildi. Jumladan:

bakalavr — 475 ta (95 ta davlat granti, 380 ta toʻlov-kontrakt);

magistratura — 40 ta (barchasi davlat granti).

Filialda kredit-modul tizimi joriy etiladi. Haftada besh kunlik oʻqish boʻladi hamda shanba kuni mustaqil oʻzlashtirish kuni deb belgilanadi.

Filialda Belarus Respublikasining Grodno davlat agrar universiteti bilan qishloq xoʻjaligi sohasida qoʻshma taʼlim dasturlari (double degree) amalga oshiriladi.

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi Samarqand agroiqtisodiyot kasb-hunar kolleji binolari Filialga operativ boshqaruv huquqi asosida beriladi.

Ulashish