Mirzo Ulugʻbek tumani prokurori oʻzgardi

Boboniyozov Farhod Sayfiyevich Mirzo Ulugʻbek tuman prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Mirzo Ulugʻbek tuman hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Farhod Boboniyozov 1999-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Prokuratura organlarida 1994-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bugunga qadar Toshkent shahar prokuraturasi uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlagan.

Ulashish