Qashqadaryo viloyati xorijga 7,2 ming tonnadan ziyod tarvuz eksport qildi

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, joriy yilning 1-sentabr holatiga Oʻzbekiston qiymati 9,7 million AQSH dollariga teng boʻlgan 40,8 ming tonna tarvuz eksport qilgan.

Oʻzbekistonda pishgan tarvuzlar 12 ta xorijiy davlatlar bozorlariga yetkazib berilgan. Mazkur davlatlar orasida Qozogʻiston 26,8 ming, Rossiya Federatsiyasi 11,2 ming va Qirgʻiziston Respublikasi 2,3 ming tonna koʻrsatkich bilan yuqori ulushga ega.
Maʼlumot oʻrnida, eksport qilingan mazkur tarvuz mahsulotining eng koʻp ulushi Qashqadaryo (7,2 ming tonna), Toshkent (5,3 ming tonna), Jizzax (5,1 ming tonna), Sirdaryo (4,6 ming tonna) va Xorazm (4,6 ming tonna ) viloyatlari hissasiga toʻgʻri keldi.

Ulashish