Shavkat Mirziyoyev soliqqa doir yana bir qarorni imzoladi

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborott” telegram kanali xabar berdi.

Qaror bilan Oʻzbekiston Respublikasi va Yaponiya oʻrtasida 2019-yil 19-dekabrda Tokio shahrida imzolangan Daromad soliqlari boʻyicha ikki yoqlama soliqqa tortishni bartaraf qilish hamda soliqlarni toʻlashdan bosh tortish va boʻyin tovlashning oldini olish toʻgʻrisidagi konvensiya tasdiqlandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirgandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlarni bajarilishini taʼminlaydi.

Ulashish