Qishloq xoʻjaligi vaziriga yangi oʻrinbosarlar tayinlandi

Qishloq xoʻjaligi vazirligida oʻtkazilgan yigʻilishda ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, yer va suv munosabatlarini takomillashtirish, sohaga bozor mexanizmlarini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shuningdek, ilm-fan yutuqlaridan samarali foydalanish hamda kadrlar salohiyatini yana-da oshirish masalalari muhokama qilindi. Bu haqda UzA xabar bermoqda.

Shuningdek, yigʻilishda sohaga doir tayinlovlar ham amalga oshirildi.

Unga koʻra, Roʻzmetov Maqsud Ismoilovich Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirining Yerlardan samarali foydalanish masalalari boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi.

Ro’zmetov Mqsud

Xo`jayev Saidkamol Saidkarimovich Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirining oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.

Xo`jayev Saidkamol

Mirzayev Shuhrat Shaxobiddinovich Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirining Moliyaviy va iqtisodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi.

Mirzayev Shuhrat

Sulaymonov Botirjon Abdushukurovich vazirning fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlash boʻyicha oʻrinbosari — Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi bosh direktori etib tayinlandi.

Sulaymonov Botirjon
Ulashish