Moliya vaziriga o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan Qurbanmurat Xolmuratovich Taparov Moliya vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

moliyaaa
Moliya vazirligi

Qurbanmurat Taparov 1978-yilda Qashqadaryo viloyati, Gʻuzor tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy, 1999-yilda Qarshi davlat universitetini, 2004-yilda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va 2012-yilda Risumeykan universitetlarini (Yaponiya) tamomlagan.

Tayinlovga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi hokimiyat vakillik organlari va siyosiy partiyalar bilan hamkorlik qilish shoʻbasi yetakchi inspektori lavozimida faoliyat yuritgan.

Ulashish