Qonlikoʻl tumaniga yangi hokim tayinlandi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qonlikoʻl tumaniga Ibragimov Abu-Bakir Abdinaimovich hokimim etib tayinlandi. Bu haqda UzA xabar bermoqda.

hokim
UzA

A.Ibragimov shu kunga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi sanoat, qurilish, transport va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi raisi lavozimida ishlab kelgan.
Ungacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat soliq boshqarmasi yuridik shaxslarni soliqqa tortish boʻlimi boshligʻi, Nukus shahri hokimining oʻrinbosari, birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi boshligʻi kabi masʼuliyatli lavozimlarda faoliyat olib borgan.
Eslatib oʻtamiz, Qanlikoʻl tumanining oldingi hokimi D.Tolibayev koronavirus kasalligi oqibatida olamdan oʻtgan edi.

Ulashish