Bill Geyts yetim qoldi

Microsoft asoschisi Bill Geytsning otasi Bill Geyts Sr 95 yoshida AQSHda vafot etdi. Bu qaygʻuli xabarni marhumning oʻgʻli Instagramda eʼlon qildi.

geyts
rbc.ru

Xususan, u otasining oʻlimi oila va uning yaqinlari uchun dahshatli yoʻqotish ekanligini yozgan. Microsoft asoschisining soʻzlariga koʻra, aynan Geyts oʻgʻli va oʻz xayriya jamgʻarmasini boshqaradigan rafiqasi Melindani odamlarga yordam berishga undagan. Oʻlim sababi maʼlum qilinmagan, deb xabar beradi “TASS”.
Maʼlumot uchun, Geyts 1925-yilda Vashingtonda tugʻilgan. Uzoq vaqt davomida u advokat boʻlib ishlagan va 1990-yillarning oxirida u Bill va Melinda Geyts xayriya fondini yaratishda faol ishtirok etib, odamlarga huquqiy yordam koʻrsatgan.

Ulashish