Oʻzbekiston delegatsiyasi mehnat migrantlariga munosib shart-sharoitlar yaratish maqsadida Rossiyaga boradi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti topshirigʻiga binoan, xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarimizga munosib shart-sharoitlar yaratish va ular bilan tizimli ishlash boʻyicha chora-tadbirlar ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi 2020-yil 16-29-sentabr kunlari Rossiya Federatsiyasiga yuboriladi.

Delegatsiya tarkibi quyidagicha:
1. Xayriddinov Mexriddin Akmalovich — Bosh vazir maslahatchisi — Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti boshligʻi;
2. Muxitdinov Erkin Madorbekovich — Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi oʻrinbosari;
3. Egamberdiyev Abdujabbor Xusanovich — Andijon viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish iqtisodiy masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari;
4. Pardayev Rustam Ubodullayevich — Surxondaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish iqtisodiy masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari;
5. Urakov Jamshed Rajabovich — Samarqand viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish iqtisodiy masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari;
6. Saʼdullayev Alisher Zafarovich — Yoshlar ishlari agentligi direktori;
7. Umarov Xayrulla Saydullayevich — Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshligʻi oʻrinbosari;
8. Botirjonov Otabek Botirjonovich — Vazirlar Mahkamasining Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti bosh mutaxassisi.

Hukumatning tegishli farmoyishi bilan, Moliya, Transport, Tashqi ishlar vazirliklari, Oʻzbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi hamda boshqa masʼul idoralarga delegatsiya safarini tashkil qilish boʻyicha topshiriqlar belgilandi.

Ulashish