FVV koronavirusdan vafot etdi deb bergan ikki xodimidan birida infeksiya tasdiqlanmagani maʼlum qilindi

Internet tarmogʻida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida ikki nafar xodim koronavirus asoratlari tufayli vafot etgani haqidagi xabarlar tarqalgan edi. Mazkur holatga Xorazm viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi izoh berdi.

“Shu xabar yuzasidan maʼlum qilamizki, Qoʻshkoʻpir tumani favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi mayor D.J. 12-sentabr kuni koronavirus asoratlari tufayli vafot etgani oʻz isbotini topmadi.

Koronavirusda gumon qilinib shifoxonaga yotqizilgan marhum bemordan 10-sentabr kuni olingan maxsus laboratoriya natijalariga koʻra, unda koronavirusni keltirib chiqaruvchi “SARS CoV-2” virusi aniqlanmagan.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda koronavirusdan vafot etgani aytilgan xivalik shifokor B.Q.ning Urganch shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli karantin shifoxonasidan olingan kasallik tarixi maʼlumotlariga koʻra, marhumda koronavirus infeksiyasi tasdiqlanmagan.

27-avgust kasalxonaga yotqizilgan bemorda birlamchi tekshiruv jarayonida maxsus laboratoriya tekshiruvida ham, keyingi tashxislarda ham koronavirus infeksiyasi aniqlanmagan. Bemorning oʻlimdan keyingi tashxisi natijalariga koʻra, bemorning vafotiga ikki tomonlama pnevmoniya sabab boʻlganini koʻrish mumkin”, deyiladi xabarda.

Ulashish