Piskent tumaniga yangi hokim, prokuror, ichki ishlar boʻlimi, soliq inspeksiyasi boshliqlari tayinlandi

Toshkent viloyati Piskent tumanida xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari 12-sessiyasi boʻlib oʻtmoqda. Sessiya ishida tashkiliy masala koʻrib chiqildi.

Foto: Google Image

Viloyat hokimligi axborot xizmati xabar qilishicha, sessiyada Rixsiyev Rahimjon Mirkadirovich Piskent tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.

R.Rixsiyev 1982-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Millati oʻzbek. Maʼlumoti oliy. 2003-yilda Toshkent davlat moliya institutini, 2005-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida iqtisodiyot va boshqaruv tizimida bir qator vazifalarda faoliyat yuritgan.

Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Rahimjon Rixsiyev Toshkent viloyati hokimining yordamchisi lavozimida faoliyat koʻrsatgan.

Shuningdek, sessiyada Piskent tumani prokurori, ichki ishlar boʻlimi boshligʻi, soliq inspeksiyasi boshligʻi ham lavozimidan ozod etilgan. Tumanning sektorlarining yangi rahbarlari etib tayinlanganlar:

Rixsiyev Rahimjon Mirqodirovich — Piskent tumani hokimi vazifasini bajaruvchi

Jurayev Alisher Ashuraliyevich — tuman prokurori

Miliyev Shuhrat Akmalovich — tuman IIB boshligʻi

Sayfiyev Jasur Ravshanovich — DSI boshligʻi.

Ulashish