“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi raisiga oʻrinbosarlar tayinlandi

Nodir Mirahmedov “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi raisning birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi deb yozmoqda OʻzA.

Foto: OʻzA

Mirahmedov Nodir Turg‘unovich 1974-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1996-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik institutining Xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakultetini, 2004-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

U shu vaqtga qadar “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi raisi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Shuningdek, Komila Negmatova “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi rais oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan.

Negmatova Komila Sayibjanovna 1975-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. 2002-yilda Toshkent moliya institutini bakalavr, 2009-yilda Toshkent davlat texnika universitetining magistraturasini tamomlagan.

U shu vaqtga qadar Toshkent davlat texnika universiteti Fan va taraqqiyot davlat unitar korxonasining “kompozitsion materiallar” laboratoriya mudiri lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Ulashish