Olimlar Venera (Zuhro) atmosferasida fosfin gazi borligini aniqlashdi

Kardiff universiteti (Britaniya) va Massachusets texnologik universiteti (AQSH) olimlari Venera (Zuhro) atmosferasida fosfin gazini topishdi. Bu haqda “Ria.ru” sayti xabar berdi.

Foto: glas.ru

“Zuhro atmosferasida fosfin borligi Gavayidagi Jeyms Klark Maksvell teleskopi va Chilidagi Atakam radioteleskoplar tizimi yordamida kashf qilindi. Fosfin zarralarining konsentratsiyasi milliardga 20 tani tashkil etdi”, deydi olimlar.

Maʼlumot uchun, fosfin rangsiz, oʻta zaharli gazdir. Yer sayyorasida uni anaerob, yaʼni kislorod mavjudligini talab etmaydigan mikroorganizmlar ishlab chiqaradi. 2019-yilda ekzosayyoralar (boshqa yulduzlar) atmosferasida fosfinni qidirishni ularda hayot borligini anglatuvchi belgi etib belgilash taklif qilingan.

Manbaning taʼkidlashicha, fosfin topilishi Venerada hayotning borligini anglatmaydi, chunki gaz nomaʼlum tabiiy jarayonlar natijasida hosil boʻlishi mumkin. Olimlar hanuz gazning biologik boʻlmagan kelib chiqish usullarini topa olmadilar.

Kashfiyot haqidagi maʼlumotlar onlayn press-konferensiya paytida ommaga maʼlum qilinadi, shundan soʻng “ Nature” nashrida chop etiladi.

Bu Venerada hayot borligi haqidagi birinchi taxmin emas. 2012-yil yanvar oyida “Astronomicheskiy vestnik” ilmiy jurnali, Rossiya Fanlar akademiyasining kosmik tadqiqotlar institutining bosh ilmiy xodimi Leonid Ksanfomaliti sovet “Venera-13” stansiyasining qoʻnish modulidan olingan tasvirlarni tahlil qilish boʻyicha maqola chop etdi.
Ularda u hasharotlarga oʻxshash boʻlgan bir nechta obyektlarni topdi, olim ularni tirik deb hisobladi. Biroq, koʻpchilik hamkasblar shubha bilan qarashdi.

Ayni vaqtda Rossiya va AQSH Veneraga uchish uchun “Venera-D” kosmik kemasini yaratish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Ulashish