Fuqaro 5 kg marixuanani sotayotgan vaqtda qo’lga tushdi

Oʻrtachirchiq tuman IIB xodimlari tomonidan 9-sentabr kuni soat 14:00 da tezkor tadbir oʻtkazildi. Ushbu jarayonda tumanning “Mustaqillik” mahallasi hududidan oʻtgan “Avangard-Oʻrtasaroy” avtomobil yoʻlida 21 yoshli J.S. oʻzi bilan olib kelgan qora rangli poliyetilen paketga solib qadoqlangan oʻtkir hidli oʻsimlikni 2 200 000 soʻmga sotgan vaqtida ushlangan. Shundan soʻng, mazkur oʻsimlik va 2 200 000 soʻm pul ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Foto: IIV

Sudga oid kimyoviy ekspertizaning xulosasiga koʻra, fuqaro J.S.dan olingan oʻsimlik marixuana boʻlgan. Uning hoʻl holatdagi vazni 5 kg 53 gramm ekanligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻrtachirchiq tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan J.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan (Giyohvandlik vositalari koʻp miqdorda oʻtkazish maqsadini koʻzlab qonunga xilof ravishda sotish) jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Dastlabki tergov jarayonida J.S. ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Ulashish